13:00 / 16.01.2018
7 631

«O‘zbekkino»: 3 yil ichida Moturidiy, Naqshband, Amir Temur, Navoiy haqida filmlar suratga olinadi

«O‘zbekkino»: 3 yil ichida Moturidiy, Naqshband, Amir Temur, Navoiy haqida filmlar suratga olinadi
Oldinroq Imom Buxoriy haqida filmni suratga olish ishlari boshlangani haqidagi xabar tarqalgan edi. Bu borada bayonot bergan rejissyor Rustam Sa’diyevning o‘zi film ustida ishlashi ta’kidlangan edi. «O‘zbekkino» milliy agentligi Facebook’dagi sahifasida xabarnoma e’lon qilib, ushbu yangilikka tuzatish kiritdi, shuningdek, bir qator yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Aniqlik kiritilishicha, «xalqimizning boy va qadimiy tarixi, ulug‘ ajdodlarimizning bebaho merosi hamda bugungi zamondoshlarimiz hayotini aks ettirishga bag‘ishlangan» badiiy va hujjatli filmlar yaratish bo‘yicha dastlabki harakatlar boshlangan.

Agentlikning yaqin uch yillik rejasiga muvofiq, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Termiziylar sulolasi, Imom Moturidiy, Abu Mu’in Nasafiy, Bahouddin Naqshband kabi mutafakkir va aziz-avliyolar, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi davlat arboblari, shoir va adiblar, Ibrat, Abdulla Avloniy va Cho‘lpon kabi ma’rifatparvarlarning hayot va ijod yo‘li haqida badiiy, badiiy-publitsistik kinoasarlarni yaratish belgilab olingan.

Hozirda ushbu filmlar, shu jumladan, Imom Buxoriy filmi uchun yozilgan adabiy ssenariylar mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Yakunda aynan qaysi mualliflar ssenariylari asosida filmlar suratga olinishi va ular qaysi ijodkorlarga ishonib topshirilishi faqatgina agentlik badiiy kengashi ko‘rigidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

«Shunday ekan, Imom Buxoriy haqidagi filmning muallifi va rejissyori haqida hozirdanoq xulosa chiqarishga shoshilmaslikni tavsiya qilamiz», — deb ta’kidlanadi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘zbekkino»: 3 yil ichida Moturidiy, Naqshband, Amir Temur, Navoiy haqida filmlar suratga olinadi