19:03 / 22.01.2018
6 904

“Benom” Rossiyada birinchi marta konsert bermoqda

“Benom” Rossiyada birinchi marta konsert bermoqda
Original qo‘shiq va kliplari bilan tilga tushgan “Benom” guruhi gastrol safariga otlanishdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Rossiyaning to‘rta yirik shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert 3 fevarl Sankt-Peterburg shahridan boshlanadi. “ST. Peterberg” zalida bo‘lib o‘tadigan shou dasturda hamyurtlarmiz guruhning 2017 yildagi “Bir sevgi tarixi” nomli yangi yakkaxon konsertini to‘liq tomosha qilishlari mumkin.

“Benom”ning ikkinchi manzili — Moskva. “Akvamarin” zalidagi konsert “Baxtli bo‘l” deya nomlandi. Darvoqe, kechaning kutilgan mehmoni xonanda — Lola Yo‘ldosheva.

6 fevral kuni esa yigitlar Yekaterinburg shahrida ham mehmon bo‘lishadi. Gastrol safari 9 fevral Samarada bo‘ladigan konsert bilan yakunlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Benom” Rossiyada birinchi marta konsert bermoqda