12:02 / 26.01.2018
5 049

Rianna Londondagi milliarder sevgilisining uyiga ko‘chib o‘tadi

Rianna Londondagi milliarder sevgilisining uyiga ko‘chib o‘tadi
Qo‘shiqchining Angliyada ham o‘z uyi borligi haqida Darakchi nashri xabar berdi.

Rianna va uning milliarder sevgilisi Hasan Jamil birgalikda ko‘chib o‘tishi haqidagi xabar 2017 yili noyabr oyi boshlarida paydo bo‘lgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shiqchi o‘zining rejasini amalga oshirish uchun nihoyat qaror qabul qilgan. Rianna o‘zini nafaqat suyuklisi, balki yanada mo‘’tadil hayot kutib turgan Londonga ko‘chib o‘tishga tayyorlanmoqda.

Xonanda Los-Anjelesda paparatssi va muxlislar ta’qibidan charchaganligini bildirdi. Britaniyada esa omma e’tiboridan chetda bo‘lishi mumkin.
Angliyada Rianna zerikishga vaqt topolmaydi. Londonda uning yaqin dugonalari Kara Delevin va Naomi Kempbellar yashaydi.

Rianna va saudiyalik milliarder Hasan Jamil o‘tgan yozdan beri uchrashib kelishadi. Mish-mishlarga ko‘ra, yaqinda ularning to‘yi bo‘lib o‘tgan. Lekin bu haqda hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rianna Londondagi milliarder sevgilisining uyiga ko‘chib o‘tadi