22:00 / 26.01.2018
18 989

Ulug‘bek Rahmatullayev necha yilga "qaridi"?

Улуғбек Раҳматуллаев неча йилга "қариди"?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev yangi qo‘shig‘i “Qizim”ga klip suratga oldi, deb xabar bermoqda Darakchi nashri.

Klipmeyker Yodgor Nosirov bilan hamkorlikda suratga olinayotgan video ketma-ketlik real vaqealarga asoslangan bo‘lib, unda xonandaning o‘zi ilk bor, bosh qahramon rolini ijro etdi. Uning turmush o‘rtog‘i rolini esa raqqosa Shodiyora Omonova gavdalantirgan.




Ijodkorlar 4 daqiqalik klip davomida 26 yillik hayotni ko‘rsatib berishgan. Tabiiyki, aktyorlarning yoshi va tashqi ko‘rinishi ham yillarga mos tarzda grim yordamida o‘zgartirildi.

Ulug‘bek Rahmatullayev klipning tasvirga olish jarayonida 30-35 yil "qaridi".




Ma’lumot o‘rnida: “Qizim” qo‘shig‘ining musiqasi va she’ri Alisher Tayirga tegishli. Musiqiy bezak muallifi Jasur Badalbayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Rahmatullayev necha yilga "qaridi"?