12:30 / 09.02.2018
7 987

Eng ko‘p tanqidga uchraydigan mashhurlar – Lola

Eng ko‘p tanqidga uchraydigan mashhurlar – Lola
Ha, darhaqiqat, kiyinish borasidagi eng ko‘p tanqid Lolaga atalgani bejiz emas. Sababi, mentalitetimizga xos bo‘lmagan liboslarda namoyon bo‘lishni xush ko‘ruvchi xonanda, garchi buning uchun bir yilga yaqin litsenziyasidan mahrum bo‘lsa-da, o‘ziga xulosa chiqara olmadi. Doim Yevropa uslubida kiyinadigan va bu fikrlarida ham aks etadigan Lola hatto yakkaxon konsertlarida ham o‘z imijidan voz kechgani yo‘q. Qolaversa, uning turli izohlari ham barchani o‘ylantirishi tabiiy.

Yaqinda esa uning sayohat davomida olingan suratlari keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, Lola turmush o‘rtog‘idan ajrashgani va hatto sobiq eri qayta uylangani haqida ham muxlislari xabardor. Lola esa ayni paytda farzandlari bilan Rossiyaga ko‘chib o‘tgan. Xonanda biroz avval ko‘nglidagi insonni uchratganini ma’lum qildi, ammo turmush o‘rtog‘i to‘g‘risida ma’lumotlarni ochiqlashga unchalik ham oshiqmayapti.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Eng ko‘p tanqidga uchraydigan mashhurlar – Lola