11:02 / 14.02.2018
7 424

Sherali Jo‘rayev farzandlarining ijodiga qanday baho beradi?

Sherali Jo‘rayev farzandlarining ijodiga qanday baho beradi?
Halqning nazariga, el-yurt ardog‘iga sazovor bo‘lgan insonlar bilan hamsuhbat bo‘lish bir tomondan har qanday insonga g‘urur, yengillik baxsh etsa, boshqa tomondan ularning salobati, “yuk”i bosadi. O‘zbekiston Xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar ijodiga qanday baho berishi haqida so‘z ochdi.

Sherali Jo‘rayev: — Dunyoda irsiyat, nasl-nasab degan tushunchalar bor. Ota-onaning qaysidir xislati albatta o‘z o‘g‘il-qizlariga ko‘chib o‘tadi. Masalan, san’atga, ma’rifatga oshnolik menga otamdan o‘tgan. Men u kishiga havas qilib, qo‘shiqchilikni tanlaganman. Ammo, otam rahmatli qo‘shiqchi bo‘lishimga boshida qattiq qarshilik qilganlar. Taqdirda bor ekan, shu kasbni tanladik. O‘zimga xos jihatlarni goh Shohjahonda, goh Zohirshohda ko‘raveraman. Birini-ikkinchisidan ustun qo‘yolmayman. Har ikkisi o‘z ovozi, o‘z yo‘lini topib boryapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘rayev farzandlarining ijodiga qanday baho beradi?