O‘zbekistonlik yosh aktyor, qo‘shiqchi va sobiq feldsher Oleg Ternovoy Rossiyaning “TNT” telekanalidagi “Pesni” (“Qo‘shiqlar”) shousida keyingi bosqichga o‘tdi, deb yozadi Korrespondent.uz.
Olegning o‘zi aytishicha, u hozirda San’at va madaniyat institutining so‘nggi bosqichida o‘qiydi, parallel tarzda O‘zbekistondagi rus akademik drama teatrida bir nechta rollarni o‘ynaydi. Bungacha u “tez yordam”da oddiy feldsher bo‘lib ishlagan.
Oleg birinchi bosqichda"Hype" qo‘shig‘ini ijro etdi. Hakamlarning uchalasi ham — Maksim Fadeyev, Timati va Garik Martirosyan Olegning keyingi bosqichga o‘tishiga rozi bo‘ldi.
Qattiq saralashdan keyin 20 nafar ishtirokchi realiti shouda qatnashadi. Unda tomoshabinlarning eng ko‘p ovozlarini to‘plagan ishtirokchi 5 million rublni qo‘lga kiritadi. Shou prodyuserlari Maksim Fadeyev va Timati o‘zlariga ma’qul tushgan qo‘shiqchilar bilan shartnoma tuzadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?