13:40 / 19.02.2018
8 694

Eng intiqlik bilan kutilayotgan film

Eng intiqlik bilan kutilayotgan film
Dunyo kinomuxlislari intiqib kutayotgan “Venom” komiks-filmi 2018 yilning oktyabr oyida katta ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda. Bu haqda Darakchi nashri xabar bermoqda.

Bosh rolda tobora dong‘i chiqayotgan aktyor Tom Xardi. Ma’lumki, Venom O‘rgimchak-odamning azaliy raqibi. Lekin mazkur kartina O‘rgimcha-odam – Piter Parker haqida emas. Filmda bir vaqtlar jurnalist bo‘lgan, lekin taqdir taqozosi bilan simbiot Venomga aylangan Eddi Brokning taqdiri haqida so‘ylanadi. Hozirda film ijodkorlari kartinani suratga olish ishlari bilan band.

Filmga bosh rol ijrosi uchun aynan Tom Xardi tanlangani ham ajablanarli emas. Rejissyorlar Tom bilan ishlash jarayonida asosan uning yuz qismi, aniqrog‘i, ko‘zlari va qoshlariga e’tibor berishadi, shuning uchun ham Xardiga niqob orqali ijro etiladigan rollarni berishadi (“Zulmat ritsari: afsonaning qayta tug‘ilishi”, “Telba Maks: g‘azab so‘qmog‘i”, “Dyunkerk” va h.k.). Negaki aktyor ko‘zlari va qoshlari orqali obrazni yanada yaxshiroq ochib bera oladi.



Ta’kidlab o‘tish joizki, Tom Xardi veteran aktyor Entoni Xonkinsning maktabida tahsil olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Eng intiqlik bilan kutilayotgan film