16:20 / 01.03.2018
7 756

Manzura Ozarbayjonda! U “xiyonat qilmaganini” isbotlagani ketdi

Manzura Ozarbayjonda! U “xiyonat qilmaganini” isbotlagani ketdi
“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva bugun, 1 mart kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga jo‘nab ketdi. Xonanda Haydar Aliyev nomli Baku Xalqaro aeroportidan aloqaga chiqdi, deydi Qalampir nashri.

“Hozirgina Bakuga yetib keldim. Safarimdan asosiy maqsad – san’at sohasida yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ozar hamkasblarimdan biri Terlan Novxani bilan duet kuylash”.

Manzura Ozarbayjonga bugun yetib borgan bo‘lsa-da, xonandaning tashrifi haqidagi xabarlar bir hafta avval ozar va turk matbuotining asosiy yangiliklaridan biriga aylangan edi. 20 dan ortiq rasmiy internet-nashrlar Manzuraning Bakuga tashrif buyurayotgani va klip suratga oldirishi haqida yozdi.

Ma’lum qilinishicha, Manzura Yo‘ldosheva ozar xonandasi Terlan Novxani bilan “xiyonat qilmadim” nomli duet ijro etgan. Qo‘shiqni Manzura o‘zbek tilida, Terlan esa ozar tilida kuylagan. Mazkur taronaga ozarbayjonlik taniqli klipmeyker Noil Nabio‘g‘lu tomonidan klip suratga olinadi.

Ma’lumot uchun, Terlan Novxani O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev kuylagan “Bemor” qo‘shig‘ining asl egasidir.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtoz ham ozarbayjonlik xonanda Ahmed Mustafoyev bilan “Sev meni” nomli duet ijro etgan edi. Biroq bu qo‘shiqqa klip olinmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Manzura Ozarbayjonda! U “xiyonat qilmaganini” isbotlagani ketdi