20:02 / 01.03.2018
5 727

Yana bir tarixiy filmni suratga olishga ruxsat berildi

Yana bir tarixiy filmni suratga olishga ruxsat berildi
“O‘zbekkino” MA Badiiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda kun tartibidagi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. “O‘zbekkino” axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, rejissyor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinishi rejalashtirilgan “Elparvar” kartinasining rejissyorlik ishi taqdimoti o‘tkazildi va ishlab chiqarishga tushirildi.

Ushbu film o‘spirin yigitchaning buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi va boshqa jasur yurtdoshlarimiz jasoratlaridan ogoh bo‘lib, vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘onishi haqida hikoya qiladi. Filmga Nozim To‘laxo‘jayev, Ubaydulla Omon, Yoqub Ahmedov, Yodgor Sa’diyev, Doniyor Xo‘jayev, Bunyod Rahmatullayev, Yigitali Mamajonov, Feruza Yusupova kabi aktyorlar jalb etilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, rejissyor Akbar Bekturdiyevning “Osmon og‘ushi” badiiy filmiga tanlangan aktyorlarning videoko‘rigi bo‘lib o‘tdi va kastingni davom ettirish tavsiya etildi.

Mualliflar N.Abbosxon, A.Yo‘ldoshev “Ibrat” to‘liq metrajli filmga mo‘ljallab yozilgan adabiy senariy taqdimotini o‘tkazdi va film ishlab chiqarishga tushirildi.

Bundan tashqari, rejissyor N.Abbosovning “Said va Saida” badiiy filmi rejissyorlik ssenariysi hamda muallif M.Yusupovning “Urushning so‘nggi qurboni” qisqa metrajli film uchun mo‘ljallab yozilgan adabiy ssenariysi ham ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Muallif E.Abbosovning “O‘zbek ovozsiz kinosi tarixidan” nomli hujjatli filmga mo‘ljallab yozilgan sinopsisi qaytarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yana bir tarixiy filmni suratga olishga ruxsat berildi