06:30 / 19.03.2018
5 015

Rossiyada JCh-2018 oldidan O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etiladi

Rossiyada JCh-2018 oldidan O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etiladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6—8 iyun kunlari 300 dan ortiq olim va ekspertlar ishtirokida «O‘zbekiston madaniy merosi» xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Kongressda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan oltita kitob-albom, shuningdek Alisher Navoiy hayotligida yozilgan asarlarining faksimile nusxalari taqdim etiladi.

«Kongress o‘tkaziladigan kunlarda Sankt-Peterburgdagi yirik muzeylarda O‘zbekiston madaniy merosi namunalari ko‘rgazmasi ham otkaziladi. Ekspozitsiyalar namoyishi uchun Rossiya etnografik muzeyi, Sharqiy qo‘lyozmalar instituti, Ermitaj, Rossiya milliy kutubxonasi va shu kabi yirik binolardan maydonchalar ajratilgan», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston madaniyati kunlari Sankt-Peterburg shahrida futbol bo‘yicha chempionat oldidan o‘tkazilayotgani esa unga yanada ko‘proq e’tibor jalb etadi.

Kongress doirasida O‘zbekiston hunarmandlar tomonidan ijodiy laboratoriya o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya muzeylariga zamonaviy dekorativ-amaliy san’at namunalari ham topshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyada JCh-2018 oldidan O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etiladi