17:47 / 19.03.2018
6 946

Kitob o‘qishning 15 ta foydasi

Kitob o‘qishning 15 ta foydasi
Hozir kitob hamda mutolaa mavzusida ko‘p va xo‘p gapirilayapti. Balki bu gaplar joningizga ham tegib ulgurgandir. Shunday bo‘lsa-da biz ham kitobxonlikni rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishga qaror qildik. Negaki, 23 aprel – Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni. Demak, bahona bor, aytadiganlarimiz ham yo‘q emas.

1. Asabiylikka barham beradi
Asabiylashsangiz musiqa eshitib, ko‘chada sayr qilasizmi? Buning o‘rniga kitob o‘qib ko‘ring. Tadqiqotlarga qaraganda, 10 daqiqalik mutolaa asabiylikni ikki baravar kamaytirarkan.

2. Uyqusizlik qiynamaydi
Kitob o‘qish tinchlanish va uyquga hozirlik ko‘rishning eng yaxshi usuli. Telefon yoki televizorning yorqin nuri miyamizga uyg‘onish uchun signal beradi. Tungi chiroq ostida kitob o‘qish esa miyani dam olishga tayyorlaydi.

3. Ko‘nglingiz yumshaydi
Mutolaa davomida asar qahramonlari kechinmalari bilan yasharkansiz, uning dardiga sherik bo‘lasiz. Oqibatda real hayotda ham insonlarni yaxshiroq tushuna boshlaysiz.

4. Miyani charxlaydi

Buni-ku endi yoshlikdan bilasiz. Eng zamonaviy kompyuter diagnostikasi uskunalari ham kitob o‘qigach, bir necha kun mobaynida inson miyasida nerv tolalari soni fiziologik darajada ko‘payishini tasdiqladi.

5. Kurashishga o‘rgatadi
Psixologiyaga oid kitoblarni o‘qish tushukunlikdan chiqishga, maqsadlar sari kurashishga yordam beradi.

6. Chiroyingizni ochadi
Yuqori aqliy salohiyat atrofdagilarning e’tiborini tortmay qolmaydi. Har qanday mavzuda suhbatlasha olishingiz sizni boshqalardan ko‘ra maftunkor ko‘rsatadi.

7. Maqsadlaringizni belgilashga ko‘mak beradi
Qahramonlarning erishgan yutuqlari sizni ilhomlantirishi aniq.

8. Ijtimoiy faol bo‘lasiz
Kitob o‘qiganlar madaniy va ma’rifiy tadbirlarda faolroq ishtirok etishini statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi.

9. Xatosiz yoza boshlaysiz
Kitob o‘qiganlarning yozishmalari xatosizligi bilan ko‘zni yayratishi sir emas.

10. Xorijiy tillarni o‘rganishga yordam beradi
Muntazam mutolaa yangi materiallarni tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ayniqsa, chet tillarini o‘rganishda bu qo‘l keladi.

11. Ijodiy salohiyatingiz o‘sadi
Kitob o‘qimay tuzukroq qo‘shiq kuylagan, musiqa yozgan, rol ijro etgan, rejissyorlik qilgan kimni taniysiz? Xulosa chiqaravering.

12. Farzandlaringiz bilan munosabatlaringni yaxshilaydi
Ota-onalar farzandlariga kitob o‘qib berarkan, ularning o‘rtasida shunday mustahkam rishtalar paydo bo‘ladiki, buni birgalikda televizor ko‘rish yoki boshqa ko‘ngilochar tadbirlarni tomosha qilish bilan solishtirib bo‘lmaydi, deydi ruhshunoslar.

13. Boy bo‘lasiz
Kitob o‘qiganlar ichida boylarning ulushi o‘qimaydiganlarga nisbatan bir necha karra ko‘p.

14. Jinoyatning oldini oladi
Kitob o‘qiganlar ichida jinoyatchilar kam. Qamoqxonalarda mutolaani boshlagan jinoyatchilar esa qayta qing‘ir yo‘lga qadam tashlamasliklari ham o‘rganilgan.

15. Nutqingiz rivojlanadi
Birovlarning hayoti haqida o‘qirkansiz, o‘z fikringizni ham tiniq bayon etishga o‘rganasiz. Keraksiz axborotlarni filtrlash, gapingizni birovlarga uqtirishingiz oson kechadi. So‘z boyligingiz oshadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kitob o‘qishning 15 ta foydasi