O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova biz bilan bo‘lgan suhbatda yoshligida sodir bo‘lgan ta’sirli voqeani so‘zlab berdi.
— Ko‘p yillar oldin, nomini aytmayman, bir rejissyor ham juda qattiq dilimni og‘ritgan. U paytlari turmush o‘rtog‘im bilan «Yosh gvardiyachilar» teatrida ishlardik. Teatrdagi yetakchi aktrisalardan edim. Aziz hali yosh, isitmasi chiqib, tobi bo‘lmayotgandi. Ishdaligimda rahmatli qaynonam bolamga qarab turardilar. Tanaffus payti uyga shoshildim, Azizni dorisini ichirib, holidan xabar olib, yana teatrga yugurdim. Bor-yo‘g‘i 2-3 daqiqaga kechikkandim o‘shanda, rejissyorimiz esa hammani oldida izza qilgan. Vaholanki, o‘zimdan o‘tayotganini o‘zim bilaman. Nimasi alam qilgan bilasizmi, aktrisalardan biri gap bilan meni o‘yib-o‘yib olgan. Rejissyorimizga uzrimni aytganman-u, ammo haligi aktrisaga qarata «Avval siz menga o‘xshab turmushga chiqing, ikki farzand tug‘ing, keyin gapirasiz», dedim. Tilingizdan otilib ketadimi? Ketadi (yig‘lab)! Bir-birimizning oldimizda rol o‘ynashimizning keragi yo‘q, axir kimning qandayligini bilamiz-ku. Bu gaplarni hech kimga aytmagandim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring