21:45 / 02.04.2018
13 106

34 kun kutilgan “Hijron” yohud Sitora va Ali nega “kal” bo‘lishdi? (foto, video)

34 кун кутилган “Ҳижрон” ёҳуд Ситора ва Али нега "кал" бўлишди? (фото, видео)
“Hijron” deb nomlangan video klip haqida xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida quyidagicha izoh qoldirgan.

“Ushbu video klip ijodimda tub burilish bo‘ldi. Shu vaqtgacha birorta klipimizni premyerasiga 34 kunlik katta mehnat sarflamagan edik. Do‘stim, aktyor va xonanda Ali Otajonovga hamda aktrisa Sitora Alimjonovaga kuchli dramatik ijrolari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular uncha-muncha aktyor va aktrisa ko‘nmaydigan shartlarimizga ko‘nib, klipimizda rol ijro qilishdi. “Hijron” deb nomlangan video klipimizdagi dard, sinov, ayriliq bir ovozdan aytganda “Hijron” hech kimning boshiga tushmasin”.

Xonandaning yangi klipida ikki sevishganning uchrashuvi, baxtli kunlari va xiyonat sabab hijroni aks ettirilgan ta’sirchan voqealar rivojini ko‘rish mumkin. Ijodkorlarning kompyuter texnologiyasidan samarali foydalanganini ham sezish qiyin emas. Bosh rol ijrochilarining tashqi ko‘rinishi shu qadar o‘zgarib ketganki, ular bu qiyofada ekranga chiqishga jur’ati yetganiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q.

Quyidagi havolada klipni to‘liq tomosha qilib, bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin. Videoga >>>HAVOLA
Eslatib o‘tamiz, klip rejissyor Sunnat Nomozov tomonidan suratga olingan. Prodyuser — Yoqubjon Ostonov.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 34 kun kutilgan “Hijron” yohud Sitora va Ali nega “kal” bo‘lishdi? (foto, video)