11:50 / 09.04.2018
6 179

Murat YILDIRIM: “O‘zbekistonlik muxlislarimni hurmat qilaman!”

Мурат ЙИЛДИРИМ: “Ўзбекистонлик мухлисларимни ҳурмат қиламан!”
“Yosh kino ijodkorlar kengashi” hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida yosh, umidli kinorejissyor Muxlisa Azizovaning “SCORPION” filmida suratga tushish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan turk kino yulduzi, o‘zbek kino muxlislariga “Osiyo” teleserialidagi Demir roli bilan tanilgan Murat Yildirim Buxorodagi s’yomka jarayonlarida qatnashganidan xabaringiz bor. U s’yomkadan so‘ng O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Yoshlar Press klubida OAV vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazdi.

“O‘zbekiston va o‘zbek muxlislarim bilan g‘oyibona bo‘lsa-da, tanish edim. Chunki mening yurtimda ham bir million o‘zbek yashaydi. Ular bilan birga ishlayman, o‘zbek do‘stlarim ham ko‘p. “Osiyo” teleseriali mamlakatingizda namoyish etilganini va muxlislar uni yaxshi kutib olganini menga aytishgan. Ochig‘i, bundan juda xursand bo‘lgandim. Ana shunday kunlarning birida “SCORPION” filmi prodyuseridan rol ijro etish taklifi kelib tushdi.

Agentim: “Nima qilamiz, o‘ynaysanmi?” — deganida, “Nimaga endi o‘ynamasligim kerak?” — deb javob berdim. Mana, ko‘rib turibsiz, bu hamkorligimiz amalga oshdi. Ssenariy, ijodiy guruh, partnyorlarim ham menga juda yoqdi. Rejissyor Muxlisa Azizova bilan tez til topishdik. Iloji boricha kamroq dubl qilishga, topshiriqlarni Muxlisaning ko‘nglidagidek bajarishga harakat qildim. Bundan juda mamnunman, albatta,” — dedi Murat Yildirim filmdagi ishtiroki haqida so‘zlay turib.

Muratning “O‘zbek kinosining kelajagi haqida nima deya olasiz?” degan savolga bergan javobi matbuot anjumaniga chiroyli yakun yasadi, deyish mumkin. U: “SCORPION” filmida suratga tushish jarayonida kuzatgan va ko‘rganlarimdan chiqargan xulosam shu bo‘ldiki, rejissyor juda yosh va buning ustiga, ayol kishi. Lekin uning s’yomka maydonidagi xatti-harakatlari, ijodiy guruhni boshqarish mahorati, har bir harakat va detal ustida jiddiy ishlay olish qobiliyati, qo‘yilgan maqsadni aniq ko‘ra olish salohiyati meni qoyil qoldirdi. O‘zbek kinosi Muxlisa Azizova singari yosh, iste’dodli, talabchan yoshlar qo‘lida ekan, uning kelajagi buyuk bo‘lishiga ishonaman”, — dedi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Murat YILDIRIM: “O‘zbekistonlik muxlislarimni hurmat qilaman!”