11:01 / 08.05.2018
5 149

Narimon Sultonxo‘jayev nega qo‘shiq kuylash haqida o‘ylab qoldi?

Narimon Sultonxo‘jayev nega qo‘shiq kuylash haqida o‘ylab qoldi?
Sal avval klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayevning xonanda Jasur Umirovga bergan savollari va javoblarni taqdim etgan edik. Navbat xonandaning klipmeykerga savollari va klipmeykerning javoblariga.

— Klip suratga olishingizda siz uchun nima muhim: gonorar, sifat yoki qo‘shiq?
— Klip suratga olishda yuqoridagi har bir omilning o‘z o‘rni bor. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Lekin birinchi navbatda qo‘shiqni eshitib, undan ilhomlanishim shart. Shunda so‘zidan, musiqasidan, tasvirga olmoqchi bo‘lgan tasvir ko‘z oldimga keladi. Bu orqali sifat belgilanadi. Sifatli klipni esa yetarlicha mablag‘ bilan suratga olish lozim.

— Kliplaringizda o‘zingiz rol ijro etishingizga o‘rganib qoldik. Bu xonanda istagimi yoki sizning talabingiz?
— Asosan xonandalarning taklifi bilan rol ijro etaman. Bundan tashqari o‘zim o‘ylab topgan obrazni faqat o‘zim ko‘ngildagidek ijro etishim mumkin.

— Klip suratga olish siz uchun — xobbimi yoki kasb?
— Bu kasbni juda yaxshi ko‘raman. Unga xobbi sifatida qaray olmayman.

— Agar sizdan yangi qo‘shig‘imga tekinga klip suratga olib bering desam...
— Bu gapni aytishga uyalmaysizmi-a? (kuladi) Xonandalarga tushunmayman, ko‘ngili tusagan narsalarda tejamkorlikni bilishmaydi. Ammo klip suratga olishga kelganda iloji boricha, pul ishlatmaslikka harakat qilishadi... Bu savolga aniq javob olish uchun birinchi savolga bergan javobimga qarang.

— Agar yaxshi, tajribali prodyuser taklif bildirsa, xonandalikda o‘zingizni sinab ko‘rasizmi?
— Kutilmagan savol bo‘ldi-ku... Qo‘shiq kuylash haqida o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Qiziq, mendan qanday xonanda chiqar ekan-a? To‘g‘risi, bu savolga aniq javob berolmayman.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Narimon Sultonxo‘jayev nega qo‘shiq kuylash haqida o‘ylab qoldi?