10:24 / 08.05.2018
5 952

Jasur Umirov Narimon Sultonxo‘jayevning kamchiligini yuziga aytdi

Jasur Umirov Narimon Sultonxo‘jayevning kamchiligini yuziga aytdi
Bu ikki ijodkor tasvirga olish jarayonida ko‘p bora uchrashishgan. Ammo ish bilan bo‘lib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bir-biridan javob olisholmagan. Quyida, mashhur klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev o‘zini qiziqtirgan savollar bilan Jasur Umirovga yuzlandi...

— Yolg‘on gapirishga nima majbur qilishi mumkin?
— Odatda yolg‘on gapirmaslikka harakat qilaman. Ammo mushkul vaziyatlardan chiqish, muammoni hal qilish, yaxshilik uchun biroz yolg‘on ishlatishim mumkin. Bu holat juda kamdan-kam hollarda bo‘ladi.

— Erkak va ayol do‘st bo‘lishi mumkinmi? Qaysi ayol hamkasblaringiz bilan do‘stsiz?
— Aynan shu mavzuda do‘stlarim bilan juda ko‘p bahslashaman. Men erkak va ayol do‘st bo‘lishi mumkin degan fikrga butkul qarshiman. Chunki ayollar baribir ayolligiga boradi, ya’ni ular bilan hech qachon sirlashib bo‘lmaydi. Ular sir saqlay olishiga ham ishonmayman

— Mening qaysi kamchiligimni o‘zimga aytolmaysiz?
— Tasvirga olish jarayonida juda ko‘p baqirasiz. Bu odatingiz bilan boshqalarni ham, o‘zingizni ham juda charchatasiz. Xotirjam va asabiylashmasdan ishlashni o‘rganishingiz kerak.

— Qaysi xonanda bilan duet kuylamagan bo‘lardingiz?
— Hamkorlik qilishni istamaydigan, duet kuylash taklifini bildirsa ham, rad etishim mumkin bo‘lgan hamkasblarim ko‘p. Lekin ularning ismini hammaga aytishim shart emas, deb hisoblayman.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jasur Umirov Narimon Sultonxo‘jayevning kamchiligini yuziga aytdi