09:30 / 16.05.2018
4 466

«Shaytanat»ning efir muddati ro‘za tufayli yana o‘zgardi

«Shaytanat»ning efir muddati ro‘za tufayli yana o‘zgardi
Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz intiqlik bilan kutayotgan «Shaytanat» seriali kecha, 14 may kunidan boshlab efirga uzatilishi lozim edi.

«Xabar.uz»ning O‘zMTRKdagi manbasi bergan xabarga ko‘ra, serial ramazon oyidan so‘ng efirga uzatiladi. Telekanal rahbariyati ro‘za oyida ushbu serialni namoyish etishni lozim topmagan.

Eslatib o‘tamiz, Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi «Qalqon» studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)