18:03 / 30.05.2018
4 572

Sankt-Peterburgda Buxoro amirining qimmatbaho zarbof to‘ni namoyish etiladi

Sankt-Peterburgda Buxoro amirining qimmatbaho zarbof to‘ni namoyish etiladi
Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan ikkinchi xalqaro kongress kunlarida Dinlar tarixi davlat muzeyida mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxonga tegishli deb hisoblanayotgan noyob zarbof to‘n namoyish etiladi. Qizil baxmaldan tikilgan ushbu libos qimmatbaho oltin kashtalar bilan bezatilgan.

Muzey rahbarlarining ta’kidlashlaricha, O‘zbekistonga bag‘ishlangan “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi kolleksiyalari avvalo maxsus tadqiqot mavzulari hisoblanadi. Dinlar tarixi davlat muzeyining unchalik katta bo‘lmagan, lekin turli-tuman kolleksiyalari o‘zida antik davrdan to bugungi kungacha bo‘lgan katta davrni aks ettiradi. To‘plamdan Termiz va Samarqanddan topilgan tarixiy manzilgohlar Qoratepa (II – IV asrlar), Afrosiyob va Tali-Barzu (II – IV asrlar)ga tegishli noyob topilmalar, buxoro-yahudiy to‘plamlariga oid qimmatbaho kolleksiyalar va XIX – XX asrlarda O‘zbekiston aholisining turmush tarzini va madaniyatini ifodalovchi namunalar o‘rin olgan. Bundan tashqari, to‘plamga rossiyalik rassomlarning O‘zbukiston bilan bog‘liq asarlari, hujjatli materiallar, shu jumladan, S. Dudinning etnografik eskizlari, Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon mablag‘lari asosida qurilgan Sankt-Peterburg jome masjidi tarixiga oid buyumlar kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sankt-Peterburgda Buxoro amirining qimmatbaho zarbof to‘ni namoyish etiladi