23:10 / 07.06.2018
6 591

To‘y va marosimlarda xizmat qiladigan xonandalar daromadiga soliq solish haqida

To‘y va marosimlarda xizmat qiladigan xonandalar daromadiga soliq solish haqida
Mening fikrim veb-portalida to‘y va marosimlarda xonandalar xizmatlarini tartibga solish haqida murojaat paydo bo‘ldi.

"To‘y va marosimlarda san’atkorlarning xizmat haqlari juda qimmat. Bu xizmat haqlari hech qayerda ko‘rsatilmaydi va bu daromadlar soliqqa tortilmaydi. Ularga soliqlardan berilgan imtiyozlarni bekor qilib qat’iy daromad solig‘ini joriy etish vaqti keldi.

Shunda adolatli bo‘lardi. Shu sababdan, to‘y va marosimlarda xonandalar xizmatlarini tartibga solish, shu turdagi xizmatlarni qonuniy asosini ishlab chiqish kerak. Buning uchun har bir to‘y va marosimga qonuniy shartnoma tuzilgan taqdirda qatnashishi zarur. Mazkur shartnomada xizmat haqi, iste’molchi va san’atkorning huquq va majburiyatlari, to‘y-marosim vaqti, manzili ko‘rsatilishi lozim.

San’atkorlarning shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar (“O‘zbekkonsert”, Soliq inspeksiyasi, “Mahalla”, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi) tomonidan nazorat qilinishi lozim. Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, san’atkorlarning xizmat narxlarini nazorat qilish imkonsiz.

Ammo ularning olayotgan daromadlaridan soliq olinishi maqsadga muvofiq. Zero nogironligi bor shaxslar ham, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni sohiblari ham, kam daromadli shaxslar ham soliqlardan ozod etilmagan".

Murojaatda Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritish va san’atkorlar uchun to‘y-marosimlarda faqat shartnoma asosida xizmat qilish tartibi joriy etilishi taklif qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » To‘y va marosimlarda xizmat qiladigan xonandalar daromadiga soliq solish haqida