Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva
AQShning Los-Anjeles shahrida buyuk mutafakkir va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebook‘dagi sahifasida e’lon qildi.
Ushbu film Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayevning prodyuserligi ostida rejissyor Bahodir Yo‘lldoshev tomonidan suratga olingan.
Los-Anjelesdagi taqdimotda 1969 yilda “Apollon 11” missiyasi doirasida Oy yuziga ikkinchi bo‘lib qadam bosgan afsonaviy amerikalik astronavt Bazz Oldrin va tarixiy kinolentada bosh rolni ijro etgan aktyor, jahon kinosi yulduzi Armand Assante ishtirok etishdi.
Mazkur kinoasar 2017 yilda 74-xalqaro Venetsiya kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominatsiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, hozircha hujjatli filmni ingliz tilida Amazon va Vimeo saytlari orqali ko‘rish mumkin. Shu yilning sentyabr oyida esa “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmini o‘zbek tilida ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi