17:41 / 04.07.2018
16 557

Parizodaning qizi mashhur xonandaning klipida rol o‘ynadi (foto)

Parizodaning qizi mashhur xonandaning klipida rol o‘ynadi (foto)
Shahzodaning instagram sahifasini kuzatadigan bo‘lsak, ijodiy faoliyatini virtual kuzatish, yangiliklaridan boxabar bo‘lib turish mumkin...

Misol uchun, xonanda sal kam bir oydan buyon reklama qilayotgan “Jajji qizaloq” nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan klip kecha muxlislar e’tiboriga havola etildi. Soat 17:00 dan boshlab barcha musiqiy kanallarda namoyish etilgan video ketma-ketlikning rejissyori Yodgor Nosirov.

Darvoqe, klipda Shahzodaning bolalik davrini mahorat bilan ijro etgan kichkintoy model ham san’atga begona emas. E’zoza ismli aktrisa barchaga ma’lum va mashhur raqqosa Parizodaning to‘ng‘ich farzandi.



U onasining izidan borib san’atni tanlaganga o‘xshaydi. Shiringina qizaloqning barcha fotolarini esa uning instagram sahifasida - @ezoza_doll tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Parizodaning qizi mashhur xonandaning klipida rol o‘ynadi (foto)