12:30 / 13.07.2018
5 256

Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi qaytarib berildi

Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi qaytarib berildi
Joriy yilning 27 iyun kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etmaganligi tufayli litsenziyasi tugatilgan edi.

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev muassasaga murojaat qilib, o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘z tashabbusi bilan chekka hududlarda konsert berish niyatida ekanini bildirgan. Uning bu murojaati muassasa tomonidan qo‘llab quvvatlanib, xonanda joriy yilning 10 iyul kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Jom qishlog‘ida o‘zining xayriya konsert dasturini taqdim etdi.

Ulug‘bek Rahmatullayevning o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘zi tashabbus ko‘rsatib xayriya konsert dasturini namoyish etganligini inobatga olib, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishida 11 iyuldan xonandaning litsenziyasi qaytarib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi qaytarib berildi