22:27 / 05.08.2018
7 245

«Milliy Art» jamoasi vakili Shahlo Zoirova: «Menda ozgina qo‘rquv bor»

«Milliy Art» jamoasi vakili Shahlo Zoirova: «Menda ozgina qo‘rquv bor»
«Million» jamoasining sobiq, «Milliy Art» kulgu jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova eksklyuziv intervyu berdi.

Intervyu davomida Shahlo Zoirova «Milliy Art» jamoasining konsert tayyorgarliklari haqida gapirib berdi:

«Nasib bo‘lsa sentyabr oyida yangi jamoamiz bilan konsert qo‘yish arafasida turibmiz. Tayyorgarlik jarayonlari allaqachon boshlanib, davom etmoqda. Muxlislarimiz «mana shu safar zo‘r chiqsanglar bo‘ldi sizlarni deymiz, sizlar zo‘r bo‘lasizlar», deyishmoqda. Ammo birorta odamdan eshitmadimki «sizlar yangi jamoa sifatida ilk marta chiqish qilmoqchisizlar, mayli, birinchisi sal bo‘shroq bo‘lishi mumkin, keyingi safar zo‘r bo‘lib ketaverasizlar», degan gap yo‘q, hamma «zo‘r chiqishi kerak, zo‘r bo‘lishi kerak», demoqda. Shu sababdanmi, menda ozgina qo‘rquv bor, qo‘rqyapman, hayajonlanyapman. Shu kunlarni nasib qilgan, qobilyatni bergan xudoyim xalqimizning, muxlislarimizning oldida yuzimizni yorug‘ qilsin illohim. Muxlislarimiz salgina xato bo‘lsa bizdan yuz o‘girishmas deb o‘ylayman».

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Milliy Art» jamoasi vakili Shahlo Zoirova: «Menda ozgina qo‘rquv bor»