13:58 / 09.08.2018
4 065

Ozodbek Nazarbekov san’at oliygohlarida iste’dodlar chetda qolib, puli bilan mukofot olganlar o‘qiyotganini tanqid qildi

Ozodbek Nazarbekov san’at oliygohlarida iste’dodlar chetda qolib, puli bilan mukofot olganlar o‘qiyotganini tanqid qildi
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyati yakunlari va istiqboldagi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan "Xalq so‘zi" muxbiri Munisxon Karimova xabar berdi.

Tadbirda madaniyat sohasidagi muammo va kamchiliklar xususida ham so‘z yuritildi. Ayniqsa, an’anaviy qo‘shiqchilik va san’atkorlar faoliyatidagi kamchiliklar tilga olindi.

— Ko‘plab muammolar sohadagi eski qarashlar va korrupsion hatti-harakatlar bilan bog‘liq, nazarimda, — dedi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov. — Misol uchun, xalqaro tanlovlar laureatlari bo‘lgan yoshlar yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan. Ammo, bugungi kelib bu shunday muammoga aylandiki, qabul kvotasi 10 ta bo‘lsa, 20 ta laureat o‘qishga topshiradi. Laureatlar ham qanday bu mukofotni qo‘lga kiritgani haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bu nimaga olib kelyapti? Puli bilan chetga chiqib kelgan yoshlar o‘qishga imtiyozli qabul qilinyaptiyu, haqiqiy iste’dodlar chetda qolib ketyapti. Bu borada hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Vazirlik tomonidan aynan qanday xalqaro va nufuzli tanlovlar g‘oliblariga imtiyoz berilishi haqida ro‘yxatni shakllantirish tashabbusi bilan chiqdik. Bu muammo amaliy yechim topishiga harakat qilyapmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov san’at oliygohlarida iste’dodlar chetda qolib, puli bilan mukofot olganlar o‘qiyotganini tanqid qildi