18:18 / 03.09.2018
5 127

Oʻzbekistonlik Sabina Sharipova raqs tanlovining keyingi bosqichiga oʻtdi

Oʻzbekistonlik Sabina Sharipova raqs tanlovining keyingi bosqichiga oʻtdi
TNT telekanalida “Tansы” shouda Toshkentlik Sabina Sharipova oʻz sherigi bilan ijro etgan raqsi bilan hakamlarni hayratda qoldirib, keyingi bosqichga oʻtish imkoniyatni qoʻlga kiritishdi.

“Men loyihada hammaga bu yoʻnalishda qanday yutuqlarga erishish mumkinligini koʻrsatish maqsadida ommaviy raqs turi boʻyicha malakamni namoyish qilishga harakat qildim. Buning uchun ushbu raqs turi bilan bolalikdan shugʻullanishni boshlash shart emas”, – dedi Sabina efirda.

Sabina va uning sherigi Mixail Juravel hakamlardan shouda keyingi bosqichga oʻtishganligini eshitishdi. Bu bilan ular top-100 raqs shouga oʻtishdi. Kelgusida raqs ustalari Migel, Yegor Drujinin va Tatyana Denisova jamoasidan birida oʻrin olish maqsadida harakat qilib, bir necha tanlov bosqichlaridan oʻtishlari zarur boʻladi.

Teleloyiha gʻolibiga 3 million rubl sovgʻa qilinadi.

Sabina Sharipova 26 yoshda. U raqs tanlovida Toshkent nomidan ishtirok etmoqda. Hozir u Moskvada yashaydi va ishlaydi. Turli studiyalarda “Bachata” raqs turini oʻrgatish bilan shugʻullanadi. Shu bilan birga, sherigi bilan birga turli raqs tanlovlarda ishtirok etib kelishadi. Masalan, shu yil avgustda ular World Bachata Masters Russia chempionatida gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Manba: sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oʻzbekistonlik Sabina Sharipova raqs tanlovining keyingi bosqichiga oʻtdi