Foto: Uilyam Eli Hill
Flinders universiteti va Janubiy Avstraliya universiteti olimlari inson optik illyuziyani qanday qabul qilishi uning yoshiga bogʻliq degan toʻxtamga kelishdi. Tadqiqot natijalari “Scientific Reports” jurnalida chiqdi.
“Mening xotinim, mening qaynonam” optik illyuziyasining oʻziga xosligi shuki, bitta qiyofada ikki nafar: yosh ayol (boshi xiyol teskari burilgan — tomoshabinga uning burni, koʻzi qisman, qulogʻi va marjon taqilgan boʻyni koʻrinib turibdi) va keksa ayol (tomoshabinga yuzi yon tomondan (profil) koʻrinadi, shuningdek, ikki koʻzi, doʻng burni, ogʻzi va iyagi namoyon boʻladi) tasvirlangan.
Olimlar “Mening xotinim, mening qaynonam” optik illyuziyasi ustida sinov oʻtkazish uchun 22 mamlakatdan 18 yoshdan 68 yoshgacha boʻlgan 666 nafar kishini jalb etishdi.
Qizigʻi, 30 yoshgacha boʻlganlar yosh ayol, 30 yoshdan kattalar esa keksa ayol tasvirini tezroq ilgʻashgan.
“Mening xotinim, mening qaynonam” surati ilk marotaba nemis otkritkasida 1888 yili paydo boʻlgan. Keyinchalik. 1915 yilda karikaturachi rassom Uilyam Eli Hill oʻz talqinini taqdim etdi va bu optik iilyuziyaning mumtoz namunasiga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?