20:02 / 28.09.2018
7 124

“Oʻzbekkonsert” jonli ijroda kuylagan qator xonandalarga litsenziya berdi (foto, video)

“Oʻzbekkonsert” jonli ijroda kuylagan qator xonandalarga litsenziya berdi (foto, video)
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengash yigʻilishida Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi “Konsert tomosha oʻtkazish departamenti” vakillari ham ishtirok etishdi. Mehmonlar “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini yaqindan oʻrganishdi, sanʼatkorlarga litsenziya berish, konsert-tomosha uyushtirish uchun bir martalik ruxsatnoma olish tartibini oʻrganishdi va oʻzaro tajriba almashishdi.

Kengash yigʻilishida jami 13 nafar litsenziatning ijod namunalari koʻrib chiqildi. Ular oʻzlari tomonidan tayyorlangan ijod namunalarini jonli ijroda kengash yigʻilishida ijro etishdi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qoʻshiqlar ijrochilariga litsenziya berildi.

Eʼtiborli jihati, litsenziatlar orasida 70 yoshli sozanda Gerat Isanbayev ham qatnashdi va unga kengash aʼzolari tomonidan imtiyozli litsenziya berildi.

Maʼlumot oʻrnida: oldin muassasaga xonandalar oʻz qoʻshiqlarini diskka yozdirib, qoʻshiq matnlarini ilova qilgan boʻlsalar, endilikda esa xonandalar “Oʻzbekkonsert”ga kelib oʻz ijod namunalarini ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar tarkibidan iborat guruhga jonli ijroda kuylash orqali litsenziya olishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Oʻzbekkonsert” jonli ijroda kuylagan qator xonandalarga litsenziya berdi (foto, video)