10:47 / 02.10.2018
7 186

“Oʻzbekkonsert” Feruza Jumaniyozova va Asilbek Nigmatovga litsenziyasini qaytardi

“Oʻzbekkonsert” Feruza Jumaniyozova va Asilbek Nigmatovga litsenziyasini qaytardi
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Kun” nashri.

Kengashda jami 13 nafar litsenziyatning ijod namunalari koʻrib chiqildi. Ular oʻzlari tomonidan tayyorlangan ijod namunalarini jonli ijroda kengash yigʻilishida ijro etishdi. Badiiy jihatdan puxta qoʻshiqlar ijrochilariga litsenziya berildi. “Oʻzbekkonsert”, shuningdek, xonanda Feruza Jumaniyozova hamda Asilbek Nigmatovning litsenziyalarini qaytardi.

Yigʻilishda sanʼatkorlarga litsenziya berish, konsert-tomosha uyushtirish uchun bir martalik ruxsatnoma olish tartibini oʻrganishdi va oʻzaro tajriba almashishdi.

“Oldin muassasaga xonandalar oʻz qoʻshiqlarini diskka yozdirib, qoʻshiq matnlarini ilova qilgan boʻlsalar, endilikda esa xonandalar «Oʻzbekkonsert”ga kelib oʻz ijod namunalarini ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar tarkibidan iborat guruhga jonli ijroda kuylash orqali litsenziya olishadi» – deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Oʻzbekkonsert” Feruza Jumaniyozova va Asilbek Nigmatovga litsenziyasini qaytardi