16:57 / 04.10.2018
8 439

Oʻzbekistonlik dizaynerlar Italiyadagi moda haftaligida ishtirok etishdi (foto)

Oʻzbekistonlik dizaynerlar Italiyadagi moda haftaligida ishtirok etishdi (foto)
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Yosh dizaynerlar Kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti dizaynerlari sentyabr oyining 19-25 kunlari Italiyaning xalqaro Milan moda haftaligi doirasida oʻtkazilgan moda namoyishida ishtirok etishdi.

Haftalikda Italiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Ozorbayjan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa davlatlardan kelgan dizaynerlar oʻz koʻrgazmalari bilan qatnashishdi.

Mazkur haftalikda Oʻzbekiston nomidan “ANOR” modalar uyi va “IMAGE” loyihasi ishtirokchisi IZY brendi asoschisi Zarina Ismadiyorova ishtirok etdi.

ANOR modalar uyi oʻzining asosiy yoʻnalishiga sodiq qolgan xolda, milliy matolardan neo-folklyor yoʻnalishidagi yangi toʻplamini taqdim etdi. Qadimiy paranji detallaridan unumli foydalanilgan toʻplam mehmonlar va hamkorlarda katta taassurot qoldirdi.

IZY brendi esa yangicha avangard strit stayl yoʻnalishidagi toʻplamini taqdim etdi. Dizaynerimiz taqdim etgan aynan ushbu yoʻnalish Italiya butiklari va shourumlari rahbarlariga maʼqul keldi va hamkorlikda ishlashga takliflar koʻrib chiqildi.

“Yosh dizaynerlar Kengashi” tomonidan BERLIN FASHION WEEK, SERBIAN FASHION WEEK, ASPARA FASHION WEEK tashkilotchilari bilan Oʻzbekistonlik dizaynerlarning kelgusi namoyishlari yuzasidan shartnomalar tuzildi.

Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yosh dizaynerlar Kengashi” ning bunday loyihalarni amalga oshirishidan asosiy maqsad, mamlakatimiz feysh biznesini, mahalliy dizaynerlarimizni, milliy matolarimizni jahon miqyosiga olib chiqishdan iboratdir. Shuningdek, bunday namoyish va koʻrgazmalar Oʻzbekistonda turistik salohiyatni oshirishga ham katta koʻmak beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oʻzbekistonlik dizaynerlar Italiyadagi moda haftaligida ishtirok etishdi (foto)