06:00 / 23.10.2018
5 013

O‘zbek san’atidagi «hoji onalar» bir-biriga dinni chuqurroq o‘rganishni tavsiya qildi

O‘zbek san’atidagi «hoji onalar» bir-biriga dinni chuqurroq o‘rganishni tavsiya qildi
Avvalroq, «Nihol» mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva ko‘plab muammolarni o‘z ichiga jamlagan «Ay, zolim» nomli qo‘shiq ijro etayotgani haqida xabar berilgan edi, deb yozmoqda Qalampir nashri.

Mazkur tarona muxlislar e’tiboriga havola etilishi bilanoq, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi izohlarga to‘lib toshmoqda.

Manzura o‘zi yaratgan qo‘shiq parchasini «Instagram»dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirib, eshitib ko‘rishni tavsiya qilgan. Qo‘shiqda fohishabozlik va besoqolbozlik kabi illatlar qoralangan. Ushbu qo‘shiq parchasi joylashtirilgan postga esa aktrisa Shahzoda Matchonova e’tirozli izoh yozib qoldirdi. U o‘z so‘zlarida Manzuraga dinni chuqurroq o‘rganishni tavsiya qildi.

«Manzura opa, dinga ko‘ra hech kimni muhokama qilish mumkin emasligidan xabaringiz bormi? U kim bo‘lishidan qat’i nazar… Qur’on bunga o‘rgatadi. Boshqa birovni muhokama qilish katta gunoh. Qolaversa, hech kim o‘zi ayb deb hisoblagan ishi hayotida yuz bermaguncha o‘lmaydi. Dinni chuqurroq o‘rganing», deb yozadi Shahzoda Matchonova.

Shundan so‘ng Manzura barcha izohlarni o‘chirib tashlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek san’atidagi «hoji onalar» bir-biriga dinni chuqurroq o‘rganishni tavsiya qildi