15:10 / 25.10.2018
9 373

Munisa Rizayeva bellashuvga chorlamoqda: O‘zbekistonlik mashhur san’atkorlar bolaligida qanday bo‘lgan? (foto)

Munisa Rizayeva bellashuvga chorlamoqda: O‘zbekistonlik mashhur san’atkorlar bolaligida qanday bo‘lgan? (foto)
Foto: «Podrobno.uz»

Xonanda Munisa Rizayeva bolalik suratlarini internetda e’lon qilish bilan bog‘liq bellashuv boshladi, deya xabar bermoqda «Podrobno.uz».

«Men bolalar suratlari fleshmobini yo‘lga qo‘ymoqdaman va sizni bellashuvga chorlayman», — deb Instagram’da yozib qoldirgan Munisa Rizayeva Nilufar Usmonova, Rayhon G‘aneva, Lola Yo‘ldosheva, Shahzoda, Ulug‘bek Rahmatullayev va Shohruxxon kabi hamkasblarining akkauntlarini belgilab chiqdi.

Munisa Rizayeva o‘zining bolalik fotosuratiga shunday izoh qoldirgan: «"Tuvak ostida" soch turmaklari modasi men kichkintoyni ham chetlab o‘tmagan».

Ushbu bellashuvda bir qator o‘zbek shou-biznesi yulduzlari qatnashib ulgurishdi. Xususan, Shahzoda va Rayhon G‘aniyeva o‘z bolalik suratlarini Instagram’da e’lon qilishdi.

Foto: «Podrobno.uz»

Foto: «Podrobno.uz»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva bellashuvga chorlamoqda: O‘zbekistonlik mashhur san’atkorlar bolaligida qanday bo‘lgan? (foto)