04:04 / 29.10.2018
5 058

Jonni Depp «Karib dengizi qaroqchilari» filmining yangi qismida suratga tushmaydigan bo‘ldi

Jonni Depp «Karib dengizi qaroqchilari» filmining yangi qismida suratga tushmaydigan bo‘ldi
Disney kompaniyasi «Karib dengizi qaroqchilari» filmining avvalgi qismida kassa tushumlari past bo‘lganligi sababli filmning navbatdagi qismini tubdan o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyaning ushbu qarorga kelishiga bu yil 55ga kiradigan Jonni Deppning yoshi ham sabab bo‘ldi.

«Karib dengizi qaroqchilari» filmida Jek Chumchuq roli bilan tanilgan Jonni Depp «Edvard qaychiqo‘l», «Charli va shokolad fabrikasi», «Donni Brasko» kabi filmlarda suratga tushgan. U 2012 yilda bir yilda 75 mln dollar ishlab topib eng serdaromad aktyor sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jonni Depp «Karib dengizi qaroqchilari» filmining yangi qismida suratga tushmaydigan bo‘ldi