17:50 / 30.10.2018
8 024

“Million” konsertida Zoyir Mirzayev bilan bog‘liq Oqqo‘rg‘on voqeasiga to‘xtalib o‘tdi

“Million” konsertida Zoyir Mirzayev bilan bog‘liq Oqqo‘rg‘on voqeasiga to‘xtalib o‘tdi
Shu kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida “Million” jamoasining navbatdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. 22 oktyabr kuni boshlangan konsertga 31 oktyabr kuni yakun yasaladi.

Ijtimoiy mavzularga qo‘l urishdan, korrupsiya, jamiyat va davlat idoralaridagi xato va kamchiliklarni hazil yo‘li bilan tanqid qilib chiqishga odatlangan “Million”chilarning bu galgi konsertida hokimlar va ayrim mansabdorlar nishonga olindi.

Toshkent shahridagi uylar va binolar “qirg‘ini”, odamlarning yashash joylari yarim kechasi buzib tashlanayotgani jamoa e’tibor markazida bo‘ldi. Hazillardan birida aytilishicha, 15 yillab qurilgan uylar, uch soatga bormay buzib tashlanyapti.

Qolaversa, hokimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, odamlarning dardiga quloq solmaslik, ularning fikri bilan qiziqmaslik kabi illatlar ham konsertda tanqidga olingan. Kechagina asfaltlangan ko‘chalarning bugun quvur yorilgani uchun qayta kavlanishi, yo‘llarga o‘rnatilgan to‘siqlar sababsiz olib tashlanishi, ko‘p o‘tmay yana to‘sib qo‘yilishi kabi tushunarsiz va doimiy savollarga sabab bo‘lib keladigan holatlar “Million”ning chiqishlaridan ham chetda qolmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Million” konsertida Zoyir Mirzayev bilan bog‘liq Oqqo‘rg‘on voqeasiga to‘xtalib o‘tdi