17:30 / 31.10.2018
3 388

Buxorolik xip-xop raqqosi Shahzod Muhsinov “Pesni” loyihasida qatnashmoqchi

Buxorolik xip-xop raqqosi Shahzod Muhsinov “Pesni” loyihasida qatnashmoqchi
Rossiyaning TNT kanali tomonidan o‘tkazilgan "Tansы" shousida buxorolik Shahzod Muhsinov loyihaning yuqori bosqichiga o‘tdi. Shahzod "Pesni" shousida ham o‘z iqtidorini sinab ko‘rishga qaror qilganini bildirdi.

Shahzod Muhsinov “Tansы” shousi kastinglarida Jorje taxallusi bilan ijod qilib keladi.

"Xip-xop bilan yoshligimdan shug‘ullanaman. Qo‘shiq matnlarini esa 7 yoshimdan yozganman. O‘zimga qadrli Buxoroda chiqishlar qilardim. Ammo Moskvaga ko‘chib kelganimizdan keyin bu qiziqishimdan ancha uzoqlashishimga to‘g‘ri keldi. Chunki ishlab, pul topish kerak edi. Mana, to‘rt yildirki, sevimli mashg‘ulotimga qaytdim", – dedi u.

Shahzodning aytishicha, "Pesni" loyihasida ham ishtirok etmoqchi. Shuningdek, u xip-xop bo‘yicha O‘zbekistonda ham o‘z loyihalarini taqdim etish niyatida ekanini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Buxorolik xip-xop raqqosi Shahzod Muhsinov “Pesni” loyihasida qatnashmoqchi