19:00 / 01.11.2018
5 524

“O‘zbekkino” milliy agentligi 60 kunda 10 ta film premerasini o‘tkazadi

“O‘zbekkino” milliy agentligi 60 kunda 10 ta film premerasini o‘tkazadi
“O‘zbekkino” milliy agentligi 2018 yilning oxirigacha 10 ta yangi film premerasini o‘tkazadi. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomli kinosaroyda o‘zbek kino ijodkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Agentlik buyurtmasi asosida suratga olingan, 2018 yilning oxirigacha premerasi bo‘ladigan filmlar:

1. “Sarvqomat dilbarim” – rejissyor Sarvar Karimov (O‘zbekiston-Qirg‘iziston);
2. “Issiq non” – rejissyor Umid Hamdamov;
3. “Tinchlik ortida" – rejissyor Akbar Bekturdiyev;
4. “Berlin – Oqqo‘rg‘on” – rejissyor Zulfiqor Musoqov;
5. “Elparvar” – rejissyor Abduvohid G‘aniyev;
6. “Said va Saida” – rejissyor Nozim Abbosov;
7. “Imom Iso Muhammad Termiziy” – rejissyor Abduxalil Mengnorov;
8. “Shashmaqom” – rejissyor Doniyor Shokirov;
9. “Shodu xurramlik” – (O‘zbekiston-Hindiston, prodyuser Dipek Adxiraki);
10. “Parvoz” – rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov.

Film ijodkorlari yangi filmning katta ekranlardagi ilk namoyishidan oldin jurnalistlar uchun yopiq namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirishganini aytib o‘tishdi.

Uchrashuvda suratga olingan 10 ta filmning taqdimoti oldidan suhbat tashkil etildi.

Unda taniqli va yosh kinoijodkorlar, rejissyorlar, kinoshunoslar hamda “O‘zbekkino” milliy agentligi tizimidagi tashkilot rahbarlari qatnashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘zbekkino” milliy agentligi 60 kunda 10 ta film premerasini o‘tkazadi