18:43 / 02.11.2018
6 516

Prezident qaroriga ko‘ra Surxondaryoda xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi

Prezident qaroriga ko‘ra Surxondaryoda xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi
O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 1 noyabrda qabul qilingan "Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan har ikki yilda Surxondaryo viloyatida Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkazilishi belgilandi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan festival 2019 yil 5-10 aprel kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Festival doirasida Termiz shahridagi Surxondaryo san’at saroyi maydonining yon atrofida baxshichilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, qadim folklor cholg‘ulari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi tashkil qilinadi.

Madaniyat vazirligi festivalning ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlarini boshlash maqsadida ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, bastakorlar va baleytmestrlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlarni jalb etadi. Shuningdek, madaniyat vazirligi talabnomasiga binoan, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan festival mehmonlari uchun kirish vizalaridan konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Prezident qaroriga ko‘ra Surxondaryoda xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi