06:16 / 10.11.2018
4 988

«Salom, rashk» filmi noyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘pladi

«Salom, rashk» filmi noyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘pladi
Rejissyor Begzod Joniyevning «Salom, rashk» filmi noyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Noyabr oyining birinchi haftasi kinoreytingida «Salom, rashk» filmidan keyingi o‘rinlarni Rustam Meliyevning «Maqsad», Otabek Mirzaxolovning «Millioner kelin», Murod Inog‘omovning «Jonimga tegding jonim», Laziz Ashuraliyevning «Nayrang» filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida «Temur», «Haloskor», «Amiran», «Jekpot» kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

29 oktyabr — 4 noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. «Salom, rashk» (komediya)
Rejissyor — Begzod Joniyev

2-o‘rin. «Maqsad» (detektiv-triller)
Rejissyor — Rustam Meliyev

3-o‘rin. «Millioner kelin» (komediya)
Rejissyor — Otabek Mirzaxolov

4-o‘rin. «Jonimga tegding jonim» (komediya)
Rejissyor — Murod Inog‘omov

5-o‘rin. «Nayrang» (komediya)
Rejissyor — Laziz Ashuraliyev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Salom, rashk» filmi noyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘pladi