19:11 / 12.11.2018
4 537

Xalqaro kinofestivalda Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” ​nominatsiyasi g‘olibi​ bo‘ldi

Xalqaro kinofestivalda Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” ​nominatsiyasi g‘olibi​ bo‘ldi
Olmaotada bo‘lib o‘tgan “Bastau International Film Festival VI"da "Turon" teatr-studiyasi aktrisasi Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Festivalda O‘zbekiston nomidan Botir Abdurahmonov hamda Abduazim Ilhomjonovlar “Ona” nomli filmi bilan ishtirok etishgan edi. Festival yakuniga ko‘ra “Ona” filmi bosh rol ijrochisi Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Festivalda Yevropa, Osiyo va Amerikada 2017-2018 yillarda ishlab chiqilgan qisqa metrajli badiiy, hujjatli va animatsion filmlar qo‘yildi.

Ushbu festival xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy almashuv va yosh kinematograflar o‘rtasida ijodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun o‘tkazib kelinmoqda.

Festival doirasida Yevropa, Osiyo va Amerikaning taniqli kinematograflari ishtirokida mahorat darslari, davra suhbatlari ham o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xalqaro kinofestivalda Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” ​nominatsiyasi g‘olibi​ bo‘ldi