11:57 / 19.11.2018
4 442

Turkiyalik san’atkor Dovud Gulo‘g‘li bilan suhbat (video)

Turkiyalik san’atkor Dovud Gulo‘g‘li bilan suhbat (video)
Turkiyalik san’atkor Dovud Gulo‘g‘li Turon24 bilan suhbatda san’at sohasi, O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlar va bu yerga investitsiya kiritayotgani haqida gapirdi.

“O‘zbekistonga bu safargi kelishim do‘stlarimizni qiziqtirishi tabiiy, ko‘pchilik konsert berishga keldingizmi deb so‘radi. Yo‘q, men konsert berishga kelganim yo‘q. O‘n yilcha oldin konsert uchun kelgan edim. To‘rt yil avval ham konsert berishga kelganman. Hozir O‘zbekistonga to‘rtinchi marta kelishim. Bu kelishimda shu narsani ko‘rdimki, O‘zbekiston ozgina vaqt ichida ancha taraqqiy etibdi.

Turkiya ham, O‘zbekiston ham biz uchun bir, biz bir tan, bir jonmiz.

Qo‘limizdagi imkonlar doirasida bu yerda sizlar bilan birgalikda bir nimalar qilish maqsadida yo‘lga chiqdik. O‘zbek xalqining farovonligi yo‘lida oz bo‘lsa ham ish o‘rinlari tashkil etishga ahd qilganmiz. Masalan, Turkiyada qurilishga ixtisoslashgan kompaniyamiz bor. Bu yerda ham uy, bino va inshootlar qurilishi bilan shug‘ullanmoqchimiz. Bundan tashqari, albatta musiqa bilan bog‘liq, qo‘shiqchilik bilan bog‘liq ishlarimiz bo‘ladi”, – deydi Dovud Gulo‘g‘li.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyalik san’atkor Dovud Gulo‘g‘li bilan suhbat (video)