11:44 / 20.11.2018
6 741

Xonanda San Jay O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat yo‘lladi

Xonanda San Jay O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat yo‘lladi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘ining yangicha ijrosi bilan shov-shuvga sabab bo‘lgan xonanda, Checheniston xalq artisti San Jay Turon24 bilan suhbatda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat qildi.

Asli O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan San Jay videomurojaatda “keyingi yillarda O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlardan xursand ekanini, shu o‘zgarishlardan ilhomlanib yurtga qaytganini” aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston uchun, o‘z xalqim uchun o‘z qo‘shiqlarimni o‘zbek tilida yaratib xalqqa sovg‘a qilmoqchiman. Lekin ba’zi bir sabablarga ko‘ra, mening televideniyaga chiqishim, radioga chiqishim, davlat tadbirlariga chiqishimga sharoit yo‘q. Chunki menda litsenziya yo‘q. Litsenziya olish uchun menga soqolingni ol deyishyapti. Soqol bu men uchun – imidj. Bu imidjni o‘zgartirgim kelmaydi”, deydi San Jay videomurojaatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda San Jay O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat yo‘lladi