19:36 / 22.11.2018
7 576

"Tashkent Fashion Week — 2018": O‘zbek moda brendi dunyo e’tiborida

"Tashkent Fashion Week — 2018": O‘zbek moda brendi dunyo e’tiborida
Yoshlar ijodiyot saroyida “Osiyo ramzi” Respublika dizaynerlar assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda “Tashkent Fashion Week — 2018” modalar haftaligi tashkil etildi.

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.
Tadbir doirasida matbuot konferensiyasi va “An’anaviylik va zamonaviylik” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, “Beyoung” — yosh dizaynerlar tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda Italiya, Fransiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan taniqli mutaxassislar, yetakchi dizayner va ekspertlar qatnashmoqda. Ular tomonidan hafta mobaynida sohaning yosh vakillari uchun turli mahorat darslari o‘tkazilishi, shuningdek, o‘zbek va xorijiy dizaynerlarning mualliflik chiqishlari, “Milliy liboslar” festivali va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.
Mazkur haftalik o‘zbek moda brendlariga dunyo e’tiborini jalb etib qolmay, yosh dizaynerlarimizning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, yangi iqtidor sohiblarini kashf etishga xizmat qiladi.

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.
Haftalik 26 noyabrga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Tashkent Fashion Week — 2018": O‘zbek moda brendi dunyo e’tiborida