20:34 / 28.11.2018
5 111

“Yashil kitob” kinokartinasi “Yilning eng yaxshi filmi” deb topildi

“Yashil kitob” kinokartinasi “Yilning eng yaxshi filmi” deb topildi
27 noyabr kuni AQSh Milliy kinotanqidchilar kengashi tomonidan amerikalik rejissyor Piter Farrellining “Yashil kitob” kinokartinasi “NBR Awards”da “Yilning eng yaxshi filmi” deb topilgani ma’lum qilindi.

“Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga “Yashil kitob” filmidagi Vallelong roli uchun Viggo Mortensen, “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasiga esa “Yulduz tug‘ildi” filmidagi xonanda Elli roli uchun Ledi Gaga munosib ko‘rildi.

“Biz “Yashil kitob” filmini yilning eng yaxshi filmi deb topganimizdan xursandmiz. Filmda samimiy do‘stlik, qaynoq va jo‘shqin tasvirlar birgalikda ko‘rsatiladi, insoniyatning og‘riqli muammolari haqida bahs yuritiladi”, – deydi Milliy kinotanqidchilar kengashi direktori Enni Shulxof.

G‘oliblar 2019 yil 8 yanvarda “NBR Awards” mukofotining gala-konsertida taqdirlanadi.

“Yashil kitob” filmidan jaz pianinochisi Don Shirli va uning qo‘riqchisi Toni Lipning 1962 yilda AQSh janubiga qilgan sayyohati haqidagi voqealar o‘rin olgan. Yo‘lda ular afro-amerikaliklar uchun xavfsiz joylar ko‘rsatilgan xaritadan foydalanishadi. Filmdagi bosh rollarni Viggo Mortensen va Maxershala Alilar ijro etgan.

"Yashil kitob" filmi prokatga shu yilning 21 noyabridan chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Yashil kitob” kinokartinasi “Yilning eng yaxshi filmi” deb topildi