21:15 / 30.11.2018
3 976

​​Abu Dabidagi festivalda ilk bor O‘zbekiston paviloni namoyish etiladi

​​Abu Dabidagi festivalda ilk bor O‘zbekiston paviloni namoyish etiladi
2009 yildan buyon BAAda o‘tkazib kelinayotgan mamlakat asoschisi Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivalida ilk bor O‘zbekiston paviloni namoyish etiladi va u eng katta kompozitsiya bo‘lishi kutilmoqda.

Festival doirasidagi O‘zbek paviloni ulkan Registon maydoni shaklida bo‘lib, yon atrofidagi hujralarda xunarmandchilik, naqsh o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, so‘zana tikish san’ati kabi o‘zbek milliy madaniy meroslari ekspozitsiyalari va amaliy san’at yaralishini namoyish qiluvchi miniatyura rassomlari o‘rin egallagan. O‘zbek milliy madaniy paviloni markazida esa katta qozonda 10 ming kishilik osh pishirilishi ko‘zda tutilgan.

Festival mehmonlari o‘zbek milliy raqslari lazgi, tanovar va munojot, maqom va baxshilar kuylari, doirachi va dutorchilar san’atidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Milliy hunarmandlar va oshpazlar tomonidan master klasslar tashkil etilib, o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, festival davomida tashrif buyuruvchilar va nufuzli mehmonlar uchun «O‘zbegim» va «Maqom» kitob albomlarining rasmiy taqdimot marosimi o‘tqazilishi ham ko‘zda tutilgan.

2 dekabrda boshlanadigan Abu Dabi festivali amirliklarni birlashtirgan Shayx Zayid nomi bilan ataladi. Har yili BAAning asos solingan kuni arafasida bo‘lib o‘tadigan festivaldan ko‘zlangan maqsad – turli millat madaniy meroslarini bir biriga va dunyoga tanitish uchun ko‘prik sifatida xizmat qilishdir. Nufuzli milliy madaniy va zamonaviy san’at festivaliga o‘tgan yili qariyb yarim million odam tashrif buyurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​​Abu Dabidagi festivalda ilk bor O‘zbekiston paviloni namoyish etiladi