14:54 / 01.12.2018
3 763

“Chakan” YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kirdi

“Chakan” YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kirdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasi Tojikistondagi "chakan" kashtachilik san’atini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga qo‘shdi. Bu haqda YuNESKO 29 noyabr kuni Mavrikiy davlatida o‘tkazilgan 13-yig‘ilishida qaror qabul qildi.

"Chakan" kashtachilik san’ati milliy bezak turi bo‘lib, asosan, ayollarning keng ko‘ylaklariga tabiiy ipak yoki paxtadan foydalangan holda tikiladi.

Mazkur bezakli libosni Tojikistonda, xususan, tog‘li mintaqalarda ming yillar davomida ayollar o‘zlari uchun tikib kelishgan. Bu usulda bezak berilgan ko‘ylak janubiy Tojikiston aholisining bayramona libosi sanaladi va ko‘pincha bahorda, xususan, Navro‘z bayramida kiyiladi.

Tojikiston to‘rt yil oldin "chakan"ni YuNESKO nomoddiy madaniyat merosi qatoriga qo‘shish uchun taklif etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Chakan” YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kirdi