20:10 / 03.12.2018
7 275

Shahlo Ahmedovaning O‘zbekistonda taqiqlangan klipi Rossiya kanallarida namoyish qilinmoqda

Shahlo Ahmedovaning O‘zbekistonda taqiqlangan klipi Rossiya kanallarida namoyish qilinmoqda
O‘zbekistonda taqiqlangan Shahlo Ahmedovaning “Letniye dojdi” klipi Rossiyaning RU.TV telekanali orqali namoyish qilinmoqda.

Klip “Davay poprobuyem” loyihasi doirasida efirga uzatilmoqda, telekanal yosh xonandalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Klip internet-foydalanuvchilarining qanchalik ko‘p ovozini to‘plasa, shunchalik u tez-tez televizorda ko‘rsatiladi.

Noyabr oyida O‘zbekistonda “Letniye dojdi” klipi uchun Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi to‘xtatilgandi.

“O‘zbekkonsert” tomonidan xonanda Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy ma’naviyatga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalq mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etilgan deb topilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahlo Ahmedovaning O‘zbekistonda taqiqlangan klipi Rossiya kanallarida namoyish qilinmoqda