8 dekabrdan boshlab ilk marotaba O‘zbekistonda barcha davlat tadbirlari jonli ijroda o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odil Abduqahhorov ma’lum qildi.
“San’atkorlar O‘zbekistondagi davlat tadbirlarida asosan fonogramma orqali ijro etishardi. Biz bu an’anani to‘xtatib, jonli ijroni birinchi o‘ringa olib chiqmoqchimiz. 8 dekabrdan boshlab barcha davlat tadbirlari jonli ijroda o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan davlat tadbirida birinchi marta yangi an’anani joriy qilamiz. Kelgusida bo‘lib o‘tadigan Navro‘z, Mustaqillik bayramlari va boshqa davlat tadbirlari ham jonli ijroda o‘tkaziladi. Davlat tadbirlarida ishtirok etadigan san’atkorlarning 70 foizi yosh ijrochilar bo‘ladi. Bundan maqsad jonli ijroning qadrini oshirish va yosh san’atkorlarni qo‘llab quvvatlashdir”, deydi Odil Abduqahhorov.
Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan davlat tadbiri 6 yoki 7 dekabr kunlari bo‘lishi rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?