07:31 / 10.12.2018
3 665

“Yevroosiyo mo‘’jizasi” tanlovida “Buxoro” qisqa metrajli filmi g‘olib bo‘ldi

“Yevroosiyo mo‘’jizasi” tanlovida “Buxoro” qisqa metrajli filmi g‘olib bo‘ldi
8 dekabr kuni “Orenburg” – Yevroosiyoning yuragi” forumi doirasida o‘tkazilgan “Yevroosiyo mo‘’jizasi” video, foto va animatsiya tanlovida “Buxoro” qisqa metrajli filmi g‘olib bo‘ldi. Tanlovga 10 ta davlatdan 4 ta nominatsiya bo‘yicha 237 ta ijodiy ish qabul qilingan.

Tanlovda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiyadan ishtirokchilar qatnashdi.

Rossiya va O‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan hamkorlikda ishlangan “Buxoro” qisqa metrajli filmi “Qisqa metrajli filmlar” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni “Qisqichbaqa” (Orenburg, Rossiya) hamda “Kislovodsk: shahar-xiyobon” (Moskva, Rossiya) filmlari qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tanlovda “Sog‘liqni saqlash va dam olish joylari”, “Tarixiy-madaniy yodgorliklar” va “Mintaqalar namoyishi” kabi yo‘nalishlarda ham g‘oliblar aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Yevroosiyo mo‘’jizasi” tanlovida “Buxoro” qisqa metrajli filmi g‘olib bo‘ldi