Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Yangi yil oldi O‘zbekiston ahliga turli janr yulduzlaridan xayriya konsertlarini sovg‘a qiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Dekabr oyida Alisher Usmonovning sa’y-harakatlari bilan Toshkentda rep, xip-xop, klassika, masxarabozlar va bolalar shoulari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, 11 va 12 dekabrda Anjumanlar saroyida Moskvaning “Kuraj” teatri “Ognenniye lyudi” teatri va “Tall brothers” klounada teatri bilan birga tomosha ko‘rsatadi.
17 dekabrda Xalqlar do‘stligi san’at saroyida amerikalik R&B yo‘nalishi ijrochisi Jeyson Derulo konsert beradi.
Bevosita Yangi yil arafasida – 30 dekabrda Anjumanlar saroyida P.I.Chaykovskiy nomidagi Katta simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tadi. Konsertda yakkaxon ijrochilar sifatida Mixail Radunskiy, Maksim Vengerov, Olga Peretyatko va AQShda yashovchi o‘zbek pianinochisi Lola Astanova ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!