19:44 / 15.12.2018
4 591

“Berlin-Oqqo‘rg‘on” badiiy filmining yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Berlin-Oqqo‘rg‘on” badiiy filmining yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tdi
14 dekabr kuni rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo‘rg‘on” badiiy filmining jurnalistlar va bloggerlar uchun yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Filmda asosan ikkinchi jahon urushi voqealari aks ettirilib, urushning butun fojiasi uch oilaning hayot yo‘llari orqali ochib beriladi. Filmda Stalin, Gitler, Cherchill, Ruzvelt kabi tarixiy shaxslarning obrazlari aks ettirilgan.

Film taqdimotidan so‘ng ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani ham o‘tkazildi.

Jurnalistlarning “filmda Stalin obraziga qaysi taraflama yondoshgansiz?”, degan savoliga rejissyor: “Stalin bir oilani qutqarib qoldi, degan gap unga ijobiy baho emas, e’tibor qilgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda izoh bor, bitta oila mayli, qolgan minglab oilalar-chi deyilgan. Mana shu haqiqiy baho. Men Sobiq Ittifoq davrida qanday odam bo‘lgan bo‘lsam hozir ham shundayman. Odamning xatti-harakati va ijodiga davr ta’sir qilmasligi kerak”, deb javob berdi.

Filmning ochiq premerasi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Berlin-Oqqo‘rg‘on” badiiy filmining yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tdi